Jahon | 11:28
1645
2 daqiqa o‘qiladi

Donetskka zarba: bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

«DXR» rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, otishma natijasida "Sokol" bozoridagi savdo maydonchalari, markaziy univermag va bank zarar ko‘rgan. Mahalliy jamoatchilik metallurgiya zavodiga zarar yetganini xabar qilmoqda.

Foto: Taisija Voroncova/SNA/IMAGO

«Donetsk xalq respublikasi» («DXR») deb ataluvchi hudud rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin 30 iyun, dushanba kuni kechqurun Ukraina Qurolli kuchlarining Donetskka bergan zarbalari haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar uzoq masofali raketalar hujumiga uchragan. Rossiyaning TASS agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Donetskka Storm Shadow raketalari bilan zarba bergan.

Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, otishma natijasida «Sokol» bozoridagi savdo maydonchalari, markaziy univermag va bank zarar ko‘rgan. Yong‘inlar boshlandi. «DXR»ga hujumkor uchuvchisiz uchoqlar, raketalar va artilleriyadan foydalangan holda jami 26 ta qurolli hujum uyushtirildi, deb yozdi Pushilin Telegram-kanalida. Gorlovkada 12 turar joy binosi va yettita fuqarolik infratuzilma obekti, jumladan, poliklinika, yotoqxona, dorixona va uchta qozonxona shikastlangan, deyiladi xabarda.

Mahalliy pabliklarda metallurgiya zavodiga zarar yetgani haqida ma’lumot tarqalmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «DXR»ga kechki hujum natijasida bir ayol halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan.

Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Donetskka zarbalar haqida izoh bermadi. Shu bilan birga, Ukraina dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko o‘zining Telegram-kanalida shaharga qilingan hujumni «yaxshi ish» deb atadi. Okkupatsiyani o‘rganish markazi rahbari Pyotr Andryushchenko Telegramʼda Donetsk shimoli-sharqida joylashgan Yasinovataya shahridagi temiryo‘lda bir nechta zarbalar kuzatilgani haqida ma’lum qildi: «Yorqin yonmoqda».

Mavzuga oid