Jamiyat | 14:40 / 01.07.2025
1521
1 daqiqa o‘qiladi

G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

Holatni Buxoro viloyati MMTB o‘rganib, tarbiyachi mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzganini aniqlagan. Shunga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Foto: Videodan kadr

Kun.uz'da G‘ijduvon tumanidagi 53-sonli MTTda bolalar kaltaklanganiga oid xabar e’lon qilingach, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, tarbiyachi mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzgani sabab u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tashkilot direktorining 30 iyundagi tegishli buyrug‘i bilan bekor qilingan.

Ayni paytda maktabgacha ta’lim tashkilotida bu holatni yuzaga keltirgan sabablar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Mavzuga oid