Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi
Namangan viloyati “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi ishchisi o‘zganing ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zida qalbaki 20 ming AQSh dollari borligini va uni haqiqiy 14 ming AQSh dollariga sotishini aytadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, unitar korxona ishchisi o‘zaro kelishuv doirasida xaridorga qalbaki 8 ming AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, u mazkur qalbaki xorijiy valutani Kosonsoy tumanida yashovchi shaxsdan olgani aniqlanib, ushbu fuqarodan ham yuqoridagi kelishuv doirasidagi soxta 6 ming AQSh dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida yuqoridagi shaxs ushbu qalbaki valutalarni Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan olganligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:26 / 27.06.2025
Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi

14:15 / 24.06.2025
Namangan viloyatida qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi

11:32 / 23.06.2025
DXX Toshkent viloyatida kadastr xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘ydi

18:19 / 20.06.2025