O‘zbekiston | 13:17 / 01.07.2025
986
1 daqiqa o‘qiladi

Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi

“Nogironlik pensiyasi va kompensatsiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish” sxemasi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, proaktiv shaklda pensiya tayinlangan yoki tayinlash rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi. 

Bunda SMS-xabarni yetkazish imkoni bo‘lmaganda xabarlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan fuqaroning yashash manziliga yetkazib beriladi.

2025 yil 1 oktyabrgacha “Pensiya” axborot tizimida fuqarolarning JShShIR ma’lumotlari asosida ularning nomiga rasmiylashtirilgan mobil aloqa abonent raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratiladi.

Mavzuga oid