O‘zbekiston | 12:09 / 02.07.2025
3729
2 daqiqa o‘qiladi

Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 1 iyun holatiga palov xarajatining hududlar kesimidagi narxlari ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz 

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil iyun holatiga ko‘ra, 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatini hududlar kesimida hisoblab chiqdi. 

Unga asosan, eng kam xarajat Qoraqalpog‘istonda (97 684 so‘m), eng yuqorisi esa Toshkent shahrida (116 267 so‘m) qayd etilgan.

Narxlar: 

  • Qoraqalpog‘iston R. — 97 684 so‘m;
  • Andijon viloyati — 104 449 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 107 405 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 108 900 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 110 211 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 108 612 so‘m;
  • Namangan viloyati — 108 385 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 111 681 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 109 678 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 104 623 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 112 192 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 114 390 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 105 215 so‘m;
  • Toshkent shahri — 116 267 so‘m.

1 kg palov tayyorlash uchun odatda quyidagilar ishlatiladi:

  • 0,3 l kungaboqar yog‘i;
  • 300 g piyoz;
  • 700 g mol go‘shti;
  • 1 kg sabzi;
  • 1 kg guruch;
  • 100 g no‘xat;
  • 10 g zira;
  • 20 g osh tuzi.

Yuqoridagi summalar faqat mahsulot narxlari emas, balki ularni tayyorlash bilan bog‘liq xizmat xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Tayyor palov narxi bundan farq qilishi mumkin.

Mavzuga oid