O‘zbekiston | 11:56
1247
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida binoning tomida taxminan 5 kv m maydonda saqich-bitum mahsulotlari yongan.

Foto: Videodan kadr

Bugun, 4 iyul kuni soat 11:02 da Toshkent shahar FVBga Yunusobod tumani Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan qurilishi bitmagan binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga soat 11:06 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus avtonarvon yetib borgan va yong‘in soat 11:17 da o‘chirgan.

Yong‘in natijasida binoning tomida taxminan 5 kv m maydonda saqich-bitum mahsulotlari yongan.

Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid