Jahon | 14:41 / 07.07.2025
1394
2 daqiqa o‘qiladi

BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

BRICS sammiti ishtirokchilari «global savdo va iqtisodiy rivojlanishga tahdid soluvchi» «bir tomonlama tarif choralari» haqida «jiddiy xavotir» bildirdi. Hujjatda AQSh to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan.

Foto: Silvia Izquierdo/AP/picture alliance

Braziliya hukumati 6 iyul, yakshanba kuni e’lon qilgan Rio-de-Janeyrodagi BRICS sammiti deklaratsiyasida «savdoni buzuvchi va JST qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan bir tomonlama tarif va notarif choralarining o‘sishidan jiddiy xavotir bildirilgan». Bunday choralar «jahon savdosini yanada qisqartirish va global ta’minot zanjirlarini buzish bilan tahdid qiladi», bu «mavjud iqtisodiy nomutanosiblikni kuchaytirishi va global iqtisodiy istiqbollarga ta’sir qilishi mumkin», deb hisoblaydi a’zo davlatlar.

Hujjatda Amerika Qo‘shma Shtatlari yoki uning prezidenti Donald Tramp to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan. Biroq, «bu Pensilvaniya-avenyu, 1600 manzilidagi shaxsga qaratilgan aniq siyosiy zarba», deb yozadi AFP agentligi hujjatga. Vashingtonda ko‘rsatilgan manzilda Oq uy joylashgan.

Shu kuni AQSh moliya vaziri Skott Bessent Amerika ma’muriyati savdo muzokaralarida muvaffaqiyatga erishmagan mamlakatlar uchun bojxona to‘lovlarini 1 avgust kuni qaytarish niyatida ekanini aytdi. Gap Tramp 2 aprelda e’lon qilgan, biroq keyinroq qoldirgan yig‘imlar haqida bormoqda. Hozirgi vaqtda 10 foizlik asosiy tarif stavkasi qo‘llanadi, biroq ba’zi mamlakatlarda bir necha barobar yuqori bojlar mavjud. AQSh allaqachon BRICS a’zosi Xitoy bilan o‘zaro tariflarni 120-140 foizdan 10-30 foizgacha kamaytirish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuvga erishgan.

Mavzuga oid