O‘zbekiston | 17:47 / 11.07.2025
954
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston tomonidan hujjatni mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov imzoladi.

O‘zbekiston va Eritreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Bu haqda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 11 iyul kuni O‘zbekiston va Eritreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangan.

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam imzolagan.

Ma’lumot uchun, Eritreya Afrikan qit’asining shimoli-sharqida, Qizil dengiz bo‘yida joylashgan davlat bo‘lib, Sudan, Efiopiya va Jibuti bilan chegaradosh.

Ushbu mamlakat O‘zbekiston rasmiy davlatlararo munosabatlar o‘rnatgan 161-davlat bo‘ldi. G‘arbiy Afrika mamlakati — Kot-d’Ivuar O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 160-davlat bo‘lgandi.

Mavzuga oid