O‘zbekiston | 10:41 / 11.07.2025
1735
1 daqiqa o‘qiladi

Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Bugun, 11 iyul kuni soat 09:43 da Toshkent shahar FVBga Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasi, Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanlarining birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:47 da yetib borib,  yong‘in soat 09:49 da o‘rab olingan va soat 09:53 da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid