O‘zbekiston | 10:52
1333
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Shahrisabz ko‘chasining butun uzunligi bo‘ylab - Grand Mir mehmonxonasi yonidagi aylanma yo‘ldan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasigacha rekonstruksiya ishlari boshlandi. 

Shahrisabz ko‘chasining butun uzunligi (3 km) bo‘ylab (Grand Mir mehmonxonasi yonidagi aylanma yo‘ldan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha) rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi xabar berishicha, tirbandliklar va ortiqcha noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari transport harakatini cheklamagan holda amalga oshirilmoqda.

Hokimlik jarayonlarda yo‘l qismini vaqtincha yopish zarurati tug‘ilsa, bu haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishini bildirdi.

Mavzuga oid