Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin. Buning uchun abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqami talab etiladi.

Foto: Kun.uz
2025 yil 14 iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Mavzuga oid

10:04 / 14.07.2025
Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

08:09 / 07.07.2025
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

12:20 / 01.07.2025