Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi
Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori qo‘lga olindi.

Foto: DXX
DXX xabariga ko‘ra, u xizmat mavqeyini suiiste’mol qilgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning Navoiy viloyatida yashovchi tanishini davlat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.
DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSh dollari va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:42 / 24.03.2025
Qirg‘izistonda qoidabuzar haydovchilardan to‘xtatilgan joyda imtihon olinadi

07:49 / 19.03.2025
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi

16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi

11:26 / 12.02.2025