Jahon | 22:00 / 17.07.2025
1542
1 daqiqa o‘qiladi

Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

Meteorit 2023 yil noyabr oyida Nigerdagi Sahroi Kabirda topilgan edi.

Foto: Sothebyʼs

Yer yuzida topilgan Mars meteoritlarining eng kattasi Sothebyʼs kim oshdi savdosida 5 million dollardan ko‘proq qiymatga sotildi, deb xabar berdi auksion uyi ijtimoiy tarmoqlarida.

Lotning yakuniy bahosi 4,3 million dollarni tashkil etdi, biroq har xil to‘lov va xarajatlarni hisobga olgan holda xaridor meteorit uchun taxminan 5,3 million dollar to‘laydi.

Toshning dastlabki taxminiy qiymati 2 milliondan 4 million dollargacha baholangan edi.

NWA 16788 nomli meteorit 2023 yil noyabr oyida Nigerdagi Sahroi Kabirda topilgan. Meteoritning og‘irligi 24,67 kilogrammni tashkil etadi, bu Yerda topilgan har qanday Mars bo‘lagidan kattadir.

Sothebyʼs auksionida sotilishidan oldin meteorit Rimdagi Italiya kosmik agentligida va Toskanadagi shaxsiy galereyada ommaga namoyish etildi.

Mavzuga oid