Jahon | 12:02 / 17.07.2025
1131
2 daqiqa o‘qiladi

YeI komissiyasi Ukrainaga 100 mlrd yevro ajratishni taklif qilmoqda

Yevrokomissiya rahbari fon der Lyayyen Ukraina Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli budjetidan 100 milliard yevro olishi mumkinligini aytdi.

Foto: European Union 2025 - Source : EP

Yevrokomissiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqining 2028-2034 yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli budjetidan 100 milliard yevro ajratishni taklif qildi. Bu haqda uning raisi Ursula fon der Lyayyen 16 iyul, chorshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda budjet loyihasini taqdim etar ekan, ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqining 2027 yilgacha qayta ko‘rib chiqilgan budjetiga kiritilgan Ukrainaga joriy yordam fondi 50 milliard yevroni tashkil etadi. Yevrokomissiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar asta-sekin, lekin tugayapti, shuning uchun yangi taklif Ukrainaga «uning tiklanishi, barqarorligini va albatta, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini qo‘llab-quvvatlash uchun» yordam fondini to‘ldirish maqsadida bu miqdorni ikki baravar oshirishga mo‘ljallangan. 

Yevrokomissiya tomonidan taklif qilingan 2028-2034 yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqi budjetining umumiy miqdori 1,816 trillion yevroni tashkil qiladi. Joriy budjet bilan solishtirganda, bu YeI yalpi milliy daromadining 1,1 foizdan 1,26 foizigacha oshganini bildiradi. Taklif keyingi ikki yil davomida Yevropa Ittifoqi hukumatlari va Yevroparlament tomonidan muhokama qilinadi.

Mavzuga oid