O‘zbekiston | 11:24
1708
1 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik ko‘chasida rul boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi yo‘l inshootlariga urildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 23:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Leapmotor rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi yo‘l inshootlariga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid