Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
4303
2 daqiqa o‘qiladi

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

Kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to‘play olmagan va qo‘shimcha kontrakt evaziga o‘qishga qabul qilinuvchi nomzodlar to‘lovni yil davomida ikkiga yoki oylar kesimida bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishlari mumkin. Bunda super-kontrakt shakli faqat birinchi yil uchun amal qiladi, keyingi yillardan boshlab bazaviy kontrakt to‘loviga qaytiladi.

Foto: Kun.uz

Davlat OTMlariga kirish imtihonidan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilinishlari mumkin. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 360-sonli qarorida belgilab berilgan.

Ya’ni unga ko‘ra, kirish imtihonlaridagi natijalaridan kelib chiqib abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Bunda natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy ichida OTM rektori nomiga ariza berish talab etiladi. Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliygoh rektori buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi. Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

  • to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
  • 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
  • 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
  • 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Qo‘shimcha kontrakt faqat bir marotaba, talaba o‘qishga qabul qilinganining birinchi yili to‘lanadi va keyingi bosqichlarda bazaviy kontrakt to‘loviga qaytiladi.

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hatto oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.

Mavzuga oid