Jamiyat | 12:23 / 23.07.2025
1678
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda yashash uyi va qurilish mollari do‘koni yonib ketdi

Qibray tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 23 iyul soat 10:50 da Toshkent viloyati FVBga Qibray tumani, «G‘.G‘ulom» MFY,  Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da voqea joyiga borib, 11:17 da o‘rab olingan va yong‘in soat 11:50 da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid