Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham
Prezident Tramp imzolagan yangi qonunga binoan viza uchun to‘lov turi o‘zgaradi. Konsullik orqali noimmigratsion viza uchun hujjatlarni topshirganda olinadigan 185 dollarlik to‘lovga qo‘shimcha ravishda viza yaxlitligi to‘lovi joriy qilinmoqda. Uning miqdori 250 dollar, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ushbu yangilikni tasdiqladi.

Gap shundaki, shu yilning 4 iyul kuni prezident Tramp Senatda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan “One big beautiful bill act” – “ Chiroyli bir katta qonun”ni imzoladi. Davlat departamenti imkon qadar qisqa vaqt ichida qonunning bajarilishi haqida bayonot berishi kerak.
O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi tasdig‘iga ko‘ra, Kongress ma’muriyatning immigratsiya qonunchiligini kuchaytirish, viza muddatini uzaytirishning oldini olish va chegara xavfsizligini moliyalashtirish uchun “Chiroyli bir katta qonun” doirasida viza yaxlitligi to‘lovini qabul qilgan.
Unda yozilishicha, viza yaxlitligi to‘lovi 250 AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu konsullik noimmigratsion vizalar uchun oladidan 185 dollarga qo‘shib to‘lanadigan miqdor. To‘lov miqdori ichki xavfsizlik departamenti kotibi qarori bilan o‘zgartirilishi, yangitdan belgilanib borishi mumkin. Hujjatga ko‘ra, ushbu o‘zgarish noimmigratsion viza turlari uchun belgilanmoqda. Lekin migratsion vizalar uchun to‘lov miqdori o‘zgarish-o‘zgarmasligi borasida biror ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik O‘zbekistondan viza uchun so‘rov har qachongidan-da ko‘payganini aytgandi. Davlat iqtisodiyoti rivojlanib, xalq moddiy ahvoli yaxshilangani sari viza olish ham osonlashib boradi, lekin vaqt kerak, deydi elchi. Viza ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ko‘ra, Tramp administratsiyasi davrida viza olish haddan tashqari qiyinlashgan. Hujjatlarini juda sof va mukammal yig‘ganlarga ham sababsiz rad javoblari berilmoqda. Tramp esa amerikaliklarga migrantlarni quvish, eng katta deportatsiyani va’da qilganini ham unutmaslik kerak.
Mavzuga oid

14:00
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:34 / 26.07.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56 / 26.07.2025