Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Xitoy Rossiyaga dronlar uchun dvigatellar yetkazib berishda davom etmoqda
"Garpiya" dronlarini ishlab chiqarishda Xitoy dvigatellaridan foydalaniladi, ular Rossiyaga sanksiyalarga qaramay yashirincha yetkazilyapti.
Rossiya Xitoydan "Garpiya-A1" kamikadze dronlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan dvigatellarni olishda davom etmoqda, deb yozdi Reuters Yevropa rasmiylari va hujjatlariga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dvigatellar aniqlanmaslik va sanksiyalardan qochish uchun Xitoydan «sanoat sovitkichlari» deb belgilangan soxta kompaniyalari orqali yashirin ravishda Rossiyaga yetkaziladi.
Dronlar Rossiyaning «Almaz-Antey» davlat konserni nazorati ostidagi Ijyevskdagi "Kupol" elektromexanika zavodida ishlab chiqariladi. Reuters agentligiga ko‘ra, Xitoydan yetkazib berish AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan oktyabr oyida joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, ishlab chiqarishni ko‘paytirishga imkon bergan.
Joriy yilda "Kupol" Rossiya Mudofaa vazirligi bilan 6000 ta hujumkor dron yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb yozadi Reuters kompaniyaning ichki hujjatiga tayanib. Aprel oyiga kelib 1500 dan ortiq dron yetkazib berildi. 2024 yilda "Kupol" Ukrainadagi urushda qo‘llangan 2000 ta UUAni yetkazib berdi, deb yozadi Reuters.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

14:34 / 26.07.2025
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi

09:54 / 26.07.2025