Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda oilaviy hordiq: qayerda yashash, ovqatlanish va dam olish mumkin?
Yaqinlaringizning xotirasida qoladigan oilaviy ta’tillar haqida orzu qilyapsizmi? Dubay taklif qiladigan xilma-xil ko‘ngilochar xizmatlar orasida o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymasligingiz va shaharda oilangiz bilan birga vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz uchun quyida bir nechta maslahatlarni tayyorladik.

Dubay – oilaviy turizm uchun ajoyib yo‘nalish. Har qanday didga mos keladigan ko‘ngilochar xizmatlarni taklif qiluvchi ushbu shahar o‘zining xavfsizligi, bolalar klublariga ega qulay infratuzilmasi hamda mehmonxonalari, shuningdek plyajlari, sahro sayohatlari va interfaol muzeylari bilan mashhur.
Yashash uchun qayerda to‘xtash mumkin: barcha yoshdagi mehmonlarga mos keladigan qo‘ngilochar xizmatlarni taklif qiluvchi oilaviy mehmonxonalar
JA The Resort kurorti – uchta mehmonxona va qulay infratuzilmaga ega 1 mln metr kvadrat maydonni egallagan yashil voha. Mehmonlarni plyaj, basseynlar, Just Splash suv parki, kichik hayvonot bog‘i, ot sayri, golf va suv o‘yin-kulgulari kutadi. “Hammasi ichida” tizimi mavjud.
Centara Mirage Beach Resort – Dubai Islands hududida joylashgan o‘z akvaparkiga ega oilaviy kurort-mehmonxona. Bu dengiz bo‘yida oilaviy dam olish uchun Osiyo va Arabistonga xos ekzotik ruhga ega bo‘lgan ajoyib maskan.
Atlantis The Palm, Palma Jumeyra orolidagi kurort. Shubhasiz, u Dubayning eng taniqli ramzlaridan biri. Bu yerda mehmonlarga Aquaventure Waterpark akvaparki, The Lost Chambers Aquarium okeanariumi va yangilangan bolalar klubi xizmatlaridan cheklovlarsiz foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Rixos The Palm Dubai Hotel & Suites – Ultra All Inclusive tizimi bo‘yicha oilaviy dam olish uchun ajoyib tanlov. Tashrif buyuruvchilarni turli xalqlarning taomlarini taklif qiluvchi restoranlar, shinam xususiy plyaj va isitiladigan basseynlar kutadi. Bolalar uchun turli tadbirlarga boy ko‘ngilochar dasturga ega Rixy Kids Club klubi faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek o‘yin zonasi va xavfsiz basseyn ham bor. Kattalar esa an’anaviy turk hammomi ishlaydigan Anjana Spa spa-markazida chigal yozish imkoniyatiga ega.
Mablag‘larni qanday tejash mumkin: bepul xizmatlar va manfaatli shoping
Dubayda yozgi hordiq nafaqat qulay, balki manfaatli ham bo‘lishi mumkin. Narxlar mavsumiy pasayishidan tashqari, ko‘p hollarda mehmonxonalar qo‘shimcha bepul xizmatlarni ham taklif qiladi, xususan, plyaj yoki savdo markazlarigacha transfer, ovqat yoki xona turini o‘zgartirish.
30 sentabrga qadar Dubaydagi mehmonxonalar, restoranlar va ko‘ngilochar maskanlarda Kids Go Free – “Bolalar uchun bepul” aksiyasi amal qiladi. Mehmonxonalar bolalarni (asosan 12 yoshgacha bo‘lgan) bepul qabul qiladi, diqqatga sazovor joylar esa ularga chiptalarni bepul taqdim etadi, jumladan:
● IMG Worlds of Adventure usti yopiq attraksionlar parki – kattalar uchun ikkita chipta xarid qilinganida, 12 yoshgacha bo‘lgan bola uchun chipta bepul.
● AYA Universe, House of Hype, EXPO City Attraction Pass (Terra / Alif / Vision), Illusion City, Legendarium Dubai, Chaos Kars – kattalar uchun bitta chipta xarid qilinganida, 15 yoshgacha bo‘lgan bola uchun chipta bepul.
● OliOli Children's Museum – bolalar chiptasi xarid qilinganida, qo‘shimcha bir soat bepul o‘yin va katta kishi uchun bepul chipta.
● Dubai Crocodile Park – kattalar uchun bitta chipta xarid qilinganida, 16 yoshgacha bo‘lgan bola uchun chipta bepul.
● Museum of Candy – Kattalar uchun ikkita chipta xarid qilinganida, 16 yoshgacha bo‘lgan bola uchun bepul chipta (dastur haqidagi batafsil ma’lumot bilan www.visitdubai.com saytida tanishish mumkin).
Taklifdan foydalanish uchun kassada maxsus talonni taqdim etishning o‘zi kifoya.
Bundan tashqari, 30 sentabrgacha sayyohlar GreatList gastronomik gidiga kirgan restoranlarning maxsus takliflaridan ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Masalan, Lila Taqueria va Lila Molino restoranlari katta kishi uchun taom buyurtma qilinganida, bolalarni bepul pishloqli kesadilya bilan mehmon qilishadi, Veranda at JLT restoranida esa dushanbadan jumagacha oilaviy tushliklarga 20% chegirma amal qiladi. Tribes va Eat Greek tarmoqlarida, hisob ish kunlarida 250 AED dan boshlanganida, soat 12:00 dan 18:30 gacha bolalar uchun bepul tushlik taqdim etiladi. Xuddi shu aksiya SushiYaki, The Meat Co, The Grill Shack va Clay Bluewaters restoranlarida ham amal qiladi. Agar birdaniga bir nechta xalq taomidan tatib ko‘rishni istasangiz va shu bilan birga ortiqcha xarajat qilishni xohlamasangiz, Time Out Market siz uchun juda yaxshi tanlovga aylanadi. Bu yerda shaharning eng yaxshi gastronomik konsepsiyalari to‘plangan bo‘lib, har kim o‘zi uchun ma’qul narxda biror lazzatli taomni topishi aniq.
Aytish joizki, har yili yozda Dubayda Dubai Summer Surprises shoping festivali o‘tkaziladi. Bu yil katta chegirmalar mavsumi 27 iyundan 31 avgustgacha davom etadi. Shahardagi barcha savdo markazlarida mahalliy aholi va mehmonlarni sovrinli o‘yinlar, chegirmalar, katta sotuvlar va boshqalar kutadi. Xaridlar yanada manfaatliroq bo‘lishi uchun tax free xizmatini rasmiylashtirish va Dubayda xarid qilingan tovarlar qiymatining 5% ni qaytarish imkoniyati mavjud.
Qayerga borish va nimalarni tomosha qilish mumkin?
Dubayda barcha mavsumda faoliyat ko‘rsatadigan diqqatga sazovor joylar juda ko‘p. Faol hordiq ishqibozlariga IMG World usti yopiq attraksionlar parki yoki Wild Wadi akvaparki yoqishi shubhasiz.
Agar yorqin effektlar, illyuziyalar va g‘aroyib fotosuratlarni yoqtirsangiz, yangi ochilgan House of Hype, ARTE va Museum of Candy maskanlarini o‘tkazib yubormang.
Sahrodan tropiklarda paydo bo‘lib qolishni istaysizmi? Buning ham iloji bor! The Green Planet majmuasida sizni bir talay taassurotlar kutadi, xususan piranyalar bilan suzish va, hatto, tropik yomg‘irni ko‘rish imkoniyati.
Reklama huquqi asosida