Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Falastin ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Davlat departamenti Falastin milliy ma’muriyati va Falastinni ozod qilish tashkilotiga terrorizmni qo‘llab-quvvatlagani va Isroilning mavjud bo‘lish huquqini tan olishni rad etgani uchun sanksiyalar e’lon qildi.

Foto: Adem Altan/AFP/Getty Images
AQSh hukumati Falastin milliy ma’muriyati (FMM) va Falastinni ozod qilish tashkilotiga (FOT) qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqdagi xabar AQSh Davlat departamenti saytida chop etildi.
Davlat departamenti FMM va FOTni AQSh bilan 1989 va 2002 yillardagi kelishuvlarni bajarmaganlikda aybladi, unga ko‘ra Vashingtonning ular bilan muloqoti Isroilning mavjud bo‘lish huquqini tan olgan taqdirdagina yuz berishi mumkin. AQSh, shuningdek, FMM va FOTni BMT Xavfsizlik Kengashining 1967 va 1973 yillardagi arab-isroil urushlaridan keyin qabul qilingan 242- va 338-rezolyutsiyalarini buzganlikda aybladi.
Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, FMM va FOT xalqaro sudlarga murojaat qilib, «Isroil bilan ziddiyatlarini xalqarolashtirish choralarini ko‘rayotganidan» norozi. Vashington, shuningdek, ushbu tashkilotlar terrorizmni, jumladan, zo‘ravonlikka undash va uni ulug‘lash (ayniqsa, darsliklarda), shuningdek, «falastinlik terrorchilar va ularning oilalariga terrorizmni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘lovlar va imtiyozlar berishni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda», deb hisoblaydi.
Yangi sanksiyalar, Davlat departamentiga ko‘ra, FMM va FOT a’zolariga AQShga vizalar berilmasligidan iborat.
O‘zini «Falastin davlati» deb ataydigan FMM Iordan daryosi G‘arbiy sohilining faqat bir qismini nazorat qiladi. Uning «poytaxti» Ramalloh shahrida joylashgan. FMM rahbari Mahmud Abbos FOTni ham boshqaradi.
Mavzuga oid

21:35
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22