Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtimoliy diversiya: Germaniya g‘arbida poyezdlar harakati bekor qilindi
Kabel kanalidagi yong‘in Dyusseldorf va Duysburg o‘rtasidagi temiryo‘l uchastkasida harakatni to‘xtatib qo‘ydi. Politsiya diversiyani istisno qilmayapti.

Foto: AP
Germaniyada kabel kanalidagi yong‘in Dyusseldorf va Duysburg (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) o‘rtasidagi temiryo‘l uchastkasida harakatni to‘xtatib qo‘ydi. Barcha versiyalar tekshirilmoqda. 31 iyul, payshanba kuni dpa axborot agentligining xabar berishicha, politsiya diversiyani istisno etmayapti.
Voqea yuzasidan so‘l Indymedia onlayn platformasida xabar e’lon qilindi. Unda «Angry Birds jamoasi» hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va sanoat tizimlariga qarshi ekanini bildirdi. Dyusseldorf politsiyasi vakili xabarni o‘rganib, uning haqiqiyligini tekshirayotganini tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu qo‘poruvchilik harakatidir.
Jabr ko‘rgan uchastka kuniga 700 dan 800 gacha shaharlararo reyslarni amalga oshiradi. Uzilish 1 avgust kuni tushgacha davom etishi kutilmoqda. Yana ikkita shikastlangan kabel topildi. Gap o‘t qo‘yish harakati haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Poyezd mashinisti tutunni ko‘rib, trevoga ko‘targan. O‘t o‘chirish brigadasi yetib kelguniga qadar temiryo‘l xodimlari yong‘inni o‘chirishga kirishgan. Endi 60 metr kabellarni almashtirish kerak.
Ko‘plab reyslar bekor qilindi va kechiktirildi. Bu, xususan, Berlin va Frankfurt-Maynda, shuningdek, Germaniya va Niderlandiya shimoli va janubida joylashgan tezyurar poyezdlarga ta’sir ko‘rsatdi.
Mavzuga oid

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

10:32
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:50