O‘zbekiston | 17:52
2546
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston pavilioni Expo 2025 ko‘rgazmasida eng yuksak mukofotni oldi

Pavilion Red Dot Award - dizayn va kommunikatsiya sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi mukofotlardan biriga sazovor bo‘ldi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zbekiston pavilioni Yaponiyadagi Expo 2025 Osaka, Kansai xalqaro ko‘rgazmasida «Ko‘rgazma stendlari» nominatsiyasi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli mukofotlaridan biri — Red Dot Award: Brands & Communication Design tanlovida Red Dot: Best of the Best mukofoti bilan taqdirlandi.

Red Dot Award — bu dizayn va kommunikatsiya sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi mukofotlardan biridir. Turli yillarda ushbu e’tirofga Apple, Ferrari, Philips, LG kabi global brendlar va sanoat yetakchilari sazovor bo‘lib, ular bugungi kunda jahon dizayni va brending standartlarini shakllantirmoqda.

Bugun ushbu faxrli ro‘yxatga O‘zbekiston pavilioni ham qo‘shildi — xalqaro sahnada mamlakat madaniy merosi, ochiqligi va zamonaviy taraqqiyotini ifodalovchi noyob loyiha sifatida e’tirof etildi.

Mavzuga oid