Jahon | 08:51
7109
2 daqiqa o‘qiladi

Putin yuz minglab qo‘riqchilarga qurol tarqatishni buyurdi

Rossiya prezidenti idoraviy qo‘riqlash xizmatlarini jihozlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, yuz minglab qo‘riqlash xodimlari o‘qotar qurol olishi kerak.

Foto: DPA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin idoraviy qo‘riqchilarni o‘qotar qurollar bilan jihozlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, ularning xodimlari soni 250 ming kishini tashkil etadi, Rossiya OAV. Qonunda aytilishicha, 20 mm kalibrli qurol va o‘q-dorilar Rosgvardiya xodimlari tomonidan yo‘riqnoma o‘tkazilgandan so‘ng «vaqtinchalikka» beriladi.

Dronlarga (havo, suvosti va yerusti) qarshi kurashish uchun federal davlat organlari, ijro hokimiyati va Moskva hukumatining idoraviy xavfsizlik xodimlariga ham o‘qotar qurollar beriladi.

Idoraviy qo‘riqlash (IQ) — davlat organlari, davlat korporatsiyalari yoki strategik korxonalar qoshidagi qo‘riqlash bo‘linmalari tizimi bo‘lib, ular o‘zlarining yurisdiksiyasidagi obektlar xavfsizligini ta’minlaydi. Budjet yoki korxonalar hisobidan moliyalashtiriladigan IQ Rossiya gvardiyasi yoki Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kirmaydi, lekin 1999 yil 14 apreldagi 77-FZ-sonli federal qonun asosida ishlaydi.

IQ vazifalariga obektlar va mulkni muhofaza qilish, kirishni nazorat qilish, yuklarni kuzatib borish, noqonuniy kirishning oldini olish, ba’zan esa terrorizmga qarshi xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etish kiradi. Qonunga ko‘ra, IQga, xususan, Mudofaa vazirligi, Transport vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi, davlat korporatsiyalari, Rossiya temiryo‘llari, "Gazprom", "Transneft" va Federal jazoni ijro etish xizmati egalik qilishi mumkin.

Mavzuga oid