O‘zbekiston | 19:52 / 04.08.2025
4805
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda skuter yo‘lovchisi Lacetti va Isuzu bilan to‘qnashuvda vafot etdi

Yangihayot tumanida Lacetti, Isuzu yuk mashinasi va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 19 yoshli skuter yo‘lovchisi vafot etdi.

Toshkent shahri Yangihayot tumanida Lacetti, Isuzu yuk mashinasi va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt YHXB.

Hodisa 2 avgust kuni soat 19:10 larda Yangihayot tumani KHAY ko‘chasi yuz bergan.

YTH oqibatida skuter yo‘lovchisi  2006 yilda tug‘ilgan M.S. olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Mavzuga oid