Jahon | 11:13
767
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya sobiq prezidenti Bolsonaru uy qamog‘iga olindi

Braziliya Oliy sudi sobiq prezident Jair Bolsonaruni uy qamog‘iga oldi. U internet orqali tarafdorlariga murojaat qilib, sud tizimiga bosim o‘tkazishga uringanlikda ayblangan.

Foto: Eraldo Peres/AP Photo/picture alliance

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru Braziliadagi uyida uy qamog‘iga olindi. Unga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan va faqat cheklangan miqdordagi odamlar bilan muloqot qilish huquqiga ega. Bunday qaror 4 avgust, dushanba kuni Oliy sud sudyasi Aleksandr di Morayec tomonidan qabul qilindi. Hujjat sud saytida e’lon qilingan.

Morayec hukmni Bolsonaruning 3 avgust kuni intenet-aloqa orqali tarafdorlariga murojaat qilgani va nutqdan parchalar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingani bilan asoslanadi. Sudya buni adliya tizimiga bosim o‘tkazishga urinish deb hisobladi.

Braziliyaning 70 yoshli sobiq prezidenti 2022 yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan Luis Inasiu Lula da Silva hukumatini ag‘darishga uringanlikda ayblanmoqda. 2023 yil 8 yanvarda Bolsonaru tarafdorlari Lula lavozimga kirishganidan ko‘p o‘tmay Braziliyadagi Kongress, Oliy sud va prezident saroyiga bostirib kirdi.

19 iyul kuni Bolsonaruga elektron bilaguzuk braslet taqildi, tunda uyda qolish buyurildi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi. Bolsonaruga qarshi sud jarayoni yakuniy bosqichga kirdi. Sobiq prezident «demokratik huquqiy tartibni buzishga urinish»da ayblanmoqda.

Mavzuga oid