Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan armiyasi «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish rejasini ishlab chiqishi kerak
Yil oxirigacha Livan qurolli kuchlari hukumat qo‘shinlarining qurol-yarog‘ monopoliyasini ta’minlash rejasini taqdim etishi kerak, dedi bosh vazir Navaf Salom.

Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
Livan hukumati mamlakat qurolli kuchlariga «Hizbulloh» harakati va boshqa qurolli guruhlarni qurolsizlantirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, dedi 5 avgust, seshanba kuni kechqurun bosh vazir Navaf Salom.
Olti soatlik hukumat yig‘ilishidan so‘ng hukumat Livan Qurolli kuchlaridan joriy yil oxirigacha hukumat kuchlari uchun qurol-yarog‘ monopoliyasini ta’minlash rejasini taqdim etishni talab qildi, deb xabar beradi AFP va Reuters.
Avvalroq «Hizbulloh» yetakchisi Naim Qosim «Isroil Livanga hujum qilishda davom etar ekan», o‘z harakatini qurolsizlantirishdan bosh tortgan edi. «Isroil agressiyasi» to‘xtamaguncha, «Hizbulloh» qurolsizlanish bo‘yicha hech qanday taklifni qo‘llab-quvvatlay olmaydi, dedi Qosim o‘z tarafdorlariga telemurojaatida. Uning AFP tomonidan keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, Livan hukumati «Hizbulloh»ni zaiflashtirish va shu orqali «Isroilga qarshilik ko‘rsatish» o‘rniga, «bosim va tahdidlarga» qarshi turish rejasini ishlab chiqishi kerak.
Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan oldin Livan prezidenti Jozef Aun mamlakat vazirlar mahkamasi «barcha qurolli guruhlar, jumladan, «Hizbulloh»ning qurollarini tortib olishga» qat’iy qaror qilganini ma’lum qildi. Bu qadamdan maqsad butun Livanga davlat suverenitetini kengaytirish va uning himoyasini faqat hukumat qurolli kuchlari orqali ta’minlashdan iborat, dedi u.
Mavzuga oid

14:30 / 29.07.2025
Isroil droni Livanda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi

08:24 / 30.06.2025
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi

20:14 / 27.06.2025
Isroil qiruvchilari «Hizbulloh»ning Livan janubidagi obektiga zarbalar berdi

21:42 / 07.04.2025