Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taksi xizmatlari bozori 7 oyda 5 trln so‘mdan oshdi
2025 yilning 7 oyida O‘zbekistonda taksi agregatorlari tomonidan 262 mln marta yo‘lovchi tashish amalga oshirilgan. O‘rtacha bitta chek 19 ming 77 so‘mni tashkil etadi. Hisobot davrida 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan. Cobalt eng ommabop mashina.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda rasmiy taksi bozori aylanmasi yilning dastlabki 7 oyida 5 trln so‘mdan oshdi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi.
2025 yilning yanvar-iyul oylarida 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Ushbu davrda jami 262,2 mln marta yo‘lovchi tashish amalga oshirilgan. 5 trln so‘mlik aylanmaning 3,6 trln so‘mi yoki 72,2 foizi naqd to‘lovlar, 1,4 trln so‘m yoki 27,8 foizi naqdsiz to‘lovlarga to‘g‘ri keladi.
O‘rtacha bitta chek 19 ming 77 so‘mni tashkil etdi (2024 yilda 18 456 so‘m). Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar shug‘ullanmoqda.
Haydovchilarning 56,3 foizini 30−50 yoshdagi shaxslar (257 629 kishi) tashkil etadi. 30 yoshgacha bo‘lganlar 36,3 foizni (166 207 kishi), 50 yoshdan kattalar esa 7,3 foizni (33 477 kishi) tashkil qilgan. Agregatorlar orqali 3 480 nafar ayol faoliyat yurityapti.
7 oy davomida taksi xizmati ko‘rsatgan 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi:
- 50−100 mln so‘m — 19,1 ming haydovchi;
- 10−50 mln so‘m — 113,7 ming haydovchi;
- 5−10 mln so‘m — 59,4 ming haydovchi;
- 1−5 mln so‘m — 122,8 ming haydovchi;
- 1 mln so‘mgacha — 140,2 ming haydovchi.
Eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar:
- Cobalt — 23,5 foiz;
- Nexia — 21,5 foiz;
- Lacetti — 16,9 foiz.
Elektromobillarning ulushi 1,8 foizni tashkil etgan.
Avtomobillarning yoshi (ishlab chiqarilgan yiliga asoslangan):
- 1 yilgacha — 2,1 foiz;
- 1−3 yil — 16,4 foiz;
- 3−5 yil — 42,5 foiz;
- 5−10 yil — 11,3 foiz;
- 10 yildan ortiq — 27,7 foiz.
7 oy davomida agregatorlar tomonidan 98,8 mlrd so‘m soliq to‘langan bo‘lib, shundan 55,4 mlrd so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ni tashkil etadi.
Mavzuga oid

20:24 / 29.07.2025
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi

23:26 / 28.07.2025
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi

17:36 / 02.07.2025
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

12:48 / 15.06.2025