Jahon | 20:36 / 11.08.2025
1139
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriya armiyasi 100dan ortiq qurolli jangarilarni yo‘q qildi

Nigeriyada qurolli to‘dalar, xususan, DeASh (ISWAP) va “Boko Haram” kabi terrorchi tashkilotlar xavfi haligacha yuqori darajada saqlanib turibdi.

Foto: Reuters

Nigeriya qurolli kuchlari Zamfara shtatida o‘tkazilgan operatsiya davomida qurolli to‘dalarning 100dan ortiq a’zolarini yo‘q qildi.

Operatsiya doirasida jangarilar joylashgan manzillarga havodan va yerdan zarbalar berildi. Natijada qurolli to‘dalarning 100dan ortiq a’zolari, jumladan, bir necha rahbarlari yo‘q qilingan.

So‘nggi vaqtda Zamfara shtati qurollangan jangarilar faollashgan hududga aylangan, bu esa mahalliy aholining noroziliklariga sabab bo‘layotgan edi.

Nigeriyada qurolli to‘dalar, xususan, DeASh (ISWAP) va “Boko Haram” kabi terrorchi tashkilotlar xavfi haligacha yuqori darajada saqlanib turibdi.

Mavzuga oid