Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
U fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechish evaziga pora olgan.

Foto: DXX
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda MIB Bekobod shahri davlat ijrochisi, 1989 yilda tug‘ilgan erkak jinoyat ustida qo‘lga olingan edi.
U o‘z mansab vakolatlaridan foydalangan holda, fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berish evaziga 20 million so‘m talab qilgan. Shundan 13 million so‘mini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu «xizmati» evaziga muqaddam 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining hukmiga binoan MIB ijrochisi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi «v» bandi va 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «v» bandi bilan aybdor deb topilib, 2 yil muddatga xuquqni muhofaza qiluvchi organlarda, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash xuquqidan mahrum qilinib, 6 yil muddatga qamalgan.
Mavzuga oid

08:02
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi

10:16 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi

11:42 / 07.08.2025
Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

14:44 / 06.08.2025