Jahon | 19:44 / 09.07.2016
6298
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti mamlakat yadro zaxirasi bo‘yicha ovoz beradi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning e'lon qilishicha, Birlashgan Qirollik parlamenti 18 iyulda mamlakatning yadroviy aslahasi bo‘yicha ovoz beradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. U bu haqda, NATOning Varshava sammitida ma'lum qilgan. 

«Bugun shuni aytishim mumkinki, tunu-kun Qirollikni yadro hujumidan himoya qila oluvchi yadroviy flotni yangilash borasida 18 iyul kuni parlament a'zolarining ovoz berishini o‘tkazamiz», — degan Devid Kemeron.

Mavzuga oid