Microsoft shaxsiy foydalanuvchilar ma'lumotlarini taqdim etmaydi

Foto: Reuters
Microsoft korporatsiyasi AQSh davlat organlariga Irlandiyadagi serverlarida saqlanuvchi va mijozlariga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishi shart emas, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi Nyu York ikkinchi okrugi apellyatsiya sudi qaroriga asoslangan holda.
Apellyatsiya sudi 2014 yili quyi sud mahkamasi chiqargan qarorni asossiz sifatida baholab, Microsoft arizasini qanoatlantirdi. Avvalgi sud qaroriga ko‘ra, kompaniya AQSh hukumati tomonidan mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etish talabini bajarishi shart edi. Aks holda, tintuv va boshqa qonuntalablarini buzgan deb topilib, jazoga tortilishi belgilab qo‘yilgandi.
Aprel oyida Microsoft AQSh hukumati ustidan yuqori sud mahkamasiga arz qilib, mijozlarni hukumat so‘rovidan ogohlantirish huquqini talab qildi. Kompaniya fikricha, AQSh hukumati va federal xavfsizlik organlari, foydalanuvchilarning elektron maktublari hamda boshqa ma'lumotlarini taqdim etishni so‘rashda mijozlarni ogohlantirmaslikni shart qilish bilan mamlakat Konstitutsiyasini buzmoqda.
Teglar: Microsoft, AQSh, Irlandiya, shaxsiy ma'lumot
Mavzuga oid

17:15 / 08.05.2025
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi

18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi

10:54 / 29.04.2025
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi

13:29 / 22.04.2025