Savchenko onasidan Kiyev hukumati taqdim etgan yerni qaytarishni so‘raydi

Google image
Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenkoning aytishicha, agar onasi Kiyevda yer uchastkasi olgan bo‘lsa, uni qaytarib berishni talab qiladi, deya xabar qilmoqda «5 kanal».
«Men yer olganim yo‘q. Onamdan ham so‘rayman — olgan yoki olmaganini? (...) Agar onamning bunga haqqi bo‘lganda ham men unga yerni qaytarib berishini aytaman», — deb bayonot bergan Savchenko.
Nadejda, ATA - aksilterror amaliyot (Ukraina hukumati Donbassdagi harbiy amaliyotlarni shunday ataydi) ishtirokchilariga beriladigan imtiyozlardan, xususan yer olishdan ham voz kechishini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, onasi poytaxt fuqarosi sifatida yer olishga haqqi bor.
21 iyul kuni Kiyev shahri ma'muriyati, Nadejda Savchenkoning onasi Mariyaga shahar janubidagi Chapayevka mikrotumanidan 9 sotix yer ajratganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

10:45
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025