Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Rossiya bilan chegarada to‘siq qurmoqchi

Norvegiya noqonuniy muhojirlarning oqimini to‘xtatish uchun Rossiya bilan chegarada to‘siq qurmoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Balandligi 3,5 metrlik va uzunligi 200 metrlik panjara ikki davlat o‘rtasida yagona o‘tkazish punkti "Borisoglebsk — Sturskug" yonida qurilmoqchi. To‘siq darvoza bilan jihozlanadi. Panjaralar qurilishi yaqin haftalarda, sovuq tushguncha tugatilishi kerak.
Rossiya bilan chegarada to‘siq qurish qarori bir qator norvegiyalik siyosatchilar va jamoat arboblarining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi. Ularning fikricha, bu sovuq urushning aks sadosi bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu qadam taqibdan qochayotganlarga Norvegiyaga kirishga xalaqit beradi. "To‘siqqa ehtiyoj ko‘rmayapman. Yevropada hozir umuman ko‘p to‘siqlar o‘rnatilmoqda", deb aytdi chegara o‘tkazish punkti joylashgan Syor-Varanger kommunasi rahbari Rune Rafaelsen.
Chegarada to‘siq barpo etish g‘oyasi birinchi marotaba 2016 yil aprelda bildirilgandi. Norvegiya hukumatida Rossiya bundan xabardor qilingani va u tomondan bunga e'tiroz bildirilmagani aytilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Jahon | 18:40
-
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi
Jahon | 18:34
-
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi

16:03 / 17.05.2025