Burger King kafesida Galaxy Note 7 smartfoni yonib ketdi (Video)

Foto: Youtube/Jinhee Kim
Janubiy Koreyadagi Burger King tez tayyorlanuvchi taomlar tarmog‘iga qarashli restoranlarning birida Samsung Galaxy Note 7 smartfoni yonib ketdi. Tasvirdan ma'lum bo‘lishicha, gadjyet shunchaki stolda turgan va quvvat olish moslamasiga qo‘yilmagan bo‘lgan. Bino xodimasi mustahkam qo‘lqoplardan foydalangan holda, qiyinchilik bilan qurilmani ushlab, uni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
10 oktabr kuni Samsung Electronics o‘z hamkorlariga to‘satdan yonib ketish holatlari sodir bo‘lganidan so‘ng Galaxy Note 7 smartfoni sotuvini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga kompaniya qurilmani ishlab chiqarishni ham to‘xtatgan.

Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025