Savchenko Poroshenkoga Yanukovichdan uzr so‘rashni va unga joyini bo‘shatib berishni taklif etdi

Foto: RIA
Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga mamlakatning sobiq rahbari Viktor Yanukovichdan uzr so‘rashni va o‘z o‘rnini unga bo‘shatib berishni taklif qildi.
“Normand to‘rtligi” muzokaralaridan so‘ng Petro Alekseyevich Viktor Fyodorovichdan shunchaki uzr so‘rashi, uni Ukrainaga taklif etishi va o‘rnini unga bo‘shatib berishi lozim. Chunki, afsuski, ayni damda bizning diplomatiyamiz o‘ta zaif”, dedi Savchenko Ukrainaning “1+1” telekanalidagi chiqishida.
Avvalroq Berlinda o‘tgan “Normand to‘rtligi” yetakchilari Ukraina janubi-sharqida nizolashayotgan tomonlar va Donbassda YeHHT missiyasini kengaytirish borasida kelishib olishgani xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

12:36 / 14.06.2025