Savchenko Rossiya FXXning xushmuomala xodimlarini maqtab qo‘ydi

Foto: Twitter .com@alstapach
Ukraina Yuqori Rada deputati Nadejda Savchenko Rossiya FXX chegara boshqarmasi xodimlari u bilan juda xushmuomala bo‘lganliklarini aytdi. Bu haqida parlamentariy 26 oktabr, chorshanba kuni NewsOne kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Savchenko jurnalistning "Rossiyaga safar chog‘ida qiyinchiliklar bo‘lmadimi?" degan savoliga ana shunday javob berdi.
"Men u yerda qandaydir bir jinoyatchi emasman. Agar men qonun doirasidan chiqqan bo‘lganimda meni u yerga qo‘yishmas edi. Aslida safar chog‘ida Rossiya bojxonasi va FXX xodimlari menga juda yaxshi muomalada bo‘lishdi. Hech qanday norozilik bildirilmadi. Hech qanday muammolarni ko‘rmadim va nima uchun xalq deputatlari u yerga borishdan qo‘rqishlarini tushunolmayman", - dedi Savchenko.
Bundan avval Savchenkoning Ukraina fuqarolari Nikolay Karpyux va Stanislav Klyxlar ishi bo‘yicha sud majlisiga kelgani haqida xabar berilgandi. Uning advokati Nikolay Polozov ham Savchenkoning Rossiyaga safari davomida hech qanday to‘siqlar bo‘lmaganini ta'kidladi. "Rasman u mutlaqo erkin inson", - dedi huquq himoyachisi.
May oyida Checheniston sudi Rossiyada taqiqlangan "Ukraina milliy assambleyasi — Ukraina xalq mudofaasi" tashkiloti tarkibiga kiruvchi Karpyux va Klyxni 1990-yillarda Shimoliy Kavkazdagi harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi. Oliy sud Karpyux va Klyxga nisbatan belgilangan jazoni o‘z kuchida qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
Jahon | 00:46
-
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Jahon | 00:16
-
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
Jahon | 23:45 / 05.05.2025
-
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
Jamiyat | 23:43 / 05.05.2025
Mavzuga oid

22:41 / 05.05.2025
Rossiyada 14 yoshli qiz tasodifan oshqoshiqni yutib yubordi

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

20:30 / 05.05.2025
Moskvada parad munosabati bilan internetga kirish cheklanadi

19:05 / 05.05.2025