Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroyda mehmonxona qurilishi bo‘yicha sud davom etmoqda
To‘qimachi mahallasidagi 5 qavatli mehmonxona qurilishi mahalliy aholi noroziligi tufayli sudda ko‘rilmoqda. Navbatdagi sud majlisida da’vogar obektda joylashgan daraxtlar taqdirini so‘roq ostiga oldi. Sudya vaziyatga baho berish uchun Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi mutaxassisini jalb qilishga qaror qildi.

8 iyun kuni Yakkasaroy tumani To‘qimachi mahallasidagi bahsli mehmonxona qurilishi haqida yozgan edik. O‘shanda Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi Olim Shamsiyev qurilishni vaqtincha to‘xtatib turish haqida ajrim chiqargandi. Shundan ma’lum muddat o‘tib, ishni ko‘rish sudya Bosit Komilovga o‘tdi. 6 avgust kuni navbatdagi sud majlisida tomonlarning qo‘shimchalari tinglandi. Dastlab sudya OAVning suddagi ishtirokini o‘rtaga qo‘ydi.
Tomonlardan “Toshneftgazishchita’minot” MChJ (xususiy kompaniya)ning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Marat Hayitov tasvirga olishga ruxsat bermaslikni so‘radi. Uning aytishicha, mehmonxona loyihasi ommaga oshkor bo‘lib qolishi mumkin. Sudya Bosit Komilov bu tijoriy sir bo‘lmasligini ma’lum qilib, tasvirga ruxsat berdi.
Shundan keyin Hayitov sudga fuqaro Sanobar Rahimovaning da’vo arizasi muddati o‘tganini va uni bekor qilishni bildirdi. Uning fikrlariga javoban Rahimovaning advokati Farrux Sayfullayev hududni o‘rash aprel oyining avvalida boshlanganini, shundan keyin da’vo arizasi kiritilganini ta’kidladi.
Sud davomida Marat Hayitov qurilish may oyidan beri to‘xtab turganini aytib, sudga Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 98-moddasi bilan dastlabki himoya chorasi (qurilishni to‘xtatish)ni bekor qilish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Da’vogar esa bunga qarshi chiqib, qurilish uchun 5 mingga yaqin aholi yashaydigan mahallaning roziligi olinmagani haqida gapirdi.
Sud davomida da’vogar Sanobar Rahimova obekt atrofida joylashgan daraxtlar o‘rnini avtoturargoh egallashi bo‘yicha xavotirlari borligini bildirdi.
“3 ta daraxt hovlining ichida, 9 tasi tashqarida. Hozir ular turibdi. Lekin avtoturargoh qursa, ularni olib tashlaydi”, – deydi Rahimova.
Da’vogar bilan kelgan mahalla vakili ham bir nechta daraxt qurib qolganini qo‘shimcha qildi. Sudya Bosit Komilov Toshkent ekologiya boshqarmasidan mutaxassis chaqirib, vaziyatni o‘rganish kerak deb hisobladi. Shu tufayli sud muhokamasi qoldirildi.
Mavzuga oid

14:17 / 06.08.2025
Chilonzordagi tashlandiq ko‘cha: Novzadagi qurilishda me’yorlarga amal qilinyaptimi?

19:08 / 05.08.2025
“O‘zimiz chiqargan qoidaga o‘zimiz amal qilmayapmiz” - shaharsoz Toshkentning bosh rejasi o‘zgarayotgani haqida

14:22 / 05.08.2025
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

23:49 / 04.08.2025