Ukrainalik kishi o‘z ismini iPhone 7'ga almashtirdi

Foto: © AP
Elektronika do‘konida o‘z ismini iPhone 7'ga almashtirgan ilk besh kishiga Apple mahsuloti bepul taqdim qilinishi haqidagi e'londan so‘ng Ukraina fuqarosi Aleksandr Turin rasman iPhone Sim (Seven) nomini oldi. Bu haqida Emirates 24|7nashrida ma'lum qilindi.
20 yoshli iPhone Sim (Seven) juma kuni orzusidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. U agar istasa, farzandli bo‘lganida asl ismini (Aleksandr Turin) qaytarib olishi mumkinligini ta'kidladi.
Manbaga ko‘ra, telefon bahosi Ukrainada 850 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ayfon Simning oilasi va do‘stlari avvaliga bundan hayratga tushishdi, biroq keyinchalik uning qarorini qo‘llab-quvvatlashdi.
Uning opasi Tatyana Panina "bunga ishonish va tan olish qiyin bo‘lgani"ni ta'kidladi va qo‘shimcha qildi: "Har bir inson bu dunyoda o‘zini namoyon qilish yo‘lini izlaydi, xo‘sh, nima uchun buni shu yo‘l bilan amalga oshirmaslik kerak ekan?"
Bundan avval Ukrainadagi "Allo" do‘koni o‘z ismi-sharifi ni rasman iPhone 7'ga almashtirgan ilk 5 nafar fuqaroga bepul telefon taqdim qilinishini to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

16:50 / 18.07.2018
iPhone 7 ikki kun suv ostida qolib ketgandan keyin ham ishladi

15:55 / 23.09.2017
Tirnash, egish, yoqish: iPhone 8 sinovlardan o‘tkazildi

20:45 / 19.08.2017
Dunyodagi eng ommabop smartfon ma'lum qilindi

19:28 / 06.04.2017