Mil Gibsonning yangi filmi Avstraliya «Oskar»ini qo‘lga kiritdi

Foto: Caroline McCredie
Mil Gibsonning «Vijdoniy sabablarga ko‘ra» filmi Avstraliya kinematografiya va televideniye taqdimotida yuqori mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.
Harbiy drama beshta yo‘nalish bo‘yicha mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Bular sirasiga «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyorlik ishi» va «Eng yaxshi original ssenariy» yo‘nalishlarini kiritish mumkin.
Bundan tashqari, Endryu Garfild «Eng yaxshi aktyor», Xyugo Uiving esa «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lishgan.
Mavzuga oid

21:25
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi

21:02
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

11:38 / 02.04.2025