Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA o‘zgacha yulduz suratini chop etdi

NASA tomonidan chop etilgan Pegas yulduzlar turkumidagi ikki LL yulduz tasviri ilmiy doiralarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir qator ekspertlar suratdagi spiral — spiral galaktika yoki tumanlik ekanini ta'kidlashdi. Fizik va ilm-fan targ‘ibotchisi Fil Pleyt bu spiralning qanday paydo bo‘lganiga izoh berdi. RIA "Novosti" shu haqida ma'lum qildi.
LL yoxud AFGL 3068 – Yerdan 3 ming yorug‘lik yil masofasida joylashgan Pegas yulduzlar turkumidagi ikkilamchi yulduz tizimi. U 2010 yilda «Xabbl» rasadxonasida kashf qilingan.
Ikkilamchi yulduz to‘g‘ri spiral shaklidagi yangi paydo bo‘lgan sayyoraviy tumanlik ichida joylashgan. LL tarkibiga qizil gigantga aylangan Quyoshning yirik eski analogi va hali yoqilg‘i zaxiralarini tugallanmagan nisbatan mayda yulduz kiradi.
LL yulduzi qizil gigantga aylanish jarayonida kattalashdi va koinotga ma'lum bir miqdordagi materiyalarni chiqara boshladi. Undan yorug‘likni deyarli o‘tkazmaydigan gaz-chang pillasi shakllandi.
Ikkinchi yulduzning aylanishi hisobiga materiya spiralsimon shaklga kirgan. Mayda yulduzning kattasi atrofidagi har bir harakati yangi spiral aylanasini hosil qiladi. Aylanalar soni mazkur tizimning atigi 4 ming yil avval shakllanganligidan dalolat beradi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, «Xabbl» suratlarida spiral paydo bo‘lishi kerak emasdi, chunki ikki yulduz atrofidagi chang va gaz yorug‘likni to‘sadi. Hoynahoy, galaktikaning fon yorug‘ligi obektni nur bilan ta'minlagan - shu tufayli Somon yo‘li markaziga yaqin joylashgan spiralning o‘ng tomoni yaxshiroq ko‘ringan.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ta’lim | 13:23
-
Chivinlar orqali yuqadigan kasallik: chikungunya haqida nimalarni bilish kerak?
Sog‘lom hayot | 13:18
-
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
Ta’lim | 12:50
-
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:27
Mavzuga oid

07:58 / 07.08.2025
AQSh Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni ishga tushirishni tezlashtirishi mumkin

18:13 / 05.07.2025
Astronavt koinotdan Yer ustidagi ulkan spraytni ko‘rsatdi

17:22 / 03.07.2025
NASA Quyosh tizimida «chaqirilmagan mehmon» paydo bo‘lganini aniqladi

17:14 / 17.05.2025