Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq birinchi raqamli ayol tennischi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

Sobiq birinchi raqamli ayol tennischi, serbiyalik Ana Ivanovich sport faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. Bu haqda "R-Sport" xabar bermoqda.
29 yoshli sportchi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida videomurojaat orqali muxlislariga o‘z rejalarini ma'lum qildi. Sentyabrda tennischi bilagidagi eski jarohatlar qaytalanishi va oyog‘idagi barmog‘ida operatsiya o‘tkazish zarurligi sababli mavsumni muddatdan avval yakunlagandi. O‘shanda tennischi jarohatlari tufayli bor kuchi bilan o‘ynay olmasligini aytgan.
"Men 5 yoshimdan tennischi bo‘lishni orzu qilganman va bunga muvaffaq bo‘ldim. Men birinchi raqamli tennischi bo‘ldim, "Rolan Garros", WTA’ning 15 ta musobaqasini yutdim, ko‘plab esda qoladigan o‘yinlar o‘tkazdim. Serbiyalik qiz uchun unchalik yomon emas", deb aytdi tennischi.
Sportchi bu qarorga kelish unga oson bo‘lmaganini aytdi. Uning aytishicha, oxirgi vaqtda uni jarohatlar taqib qilmoqda. Shuning uchun Ivanovich boshqa yo‘nalishda "olg‘a borish" kerakligini aytdi.
"Men sport va sog‘lom turmush tarzi elchisi bo‘laman, o‘zimni biznes, go‘zallik va moda sohasida sinab ko‘rishni istardim. Shuningdek, menda UNICEF’dagi ishim uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi", deb ta'kidlab o‘tdi Ivanovich.
Eslatib o‘tamiz, Ivanovich nemis futboli yulduzi Bastian Shvaynshtaygerning rafiqasi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Milliy tashuvchilar og‘ir yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan tashishni boshladi
O‘zbekiston | 12:24
-
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan uch kishi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 12:01
-
48 yoshli mahalla raisi 17 yoshli qizga mahalla binosida shilqimlik qildi
Jamiyat | 11:52
Mavzuga oid

00:22 / 03.03.2019
Afsonaviy Federer faoliyatidagi 100-unvonni qo‘lga kiritdi

23:10 / 18.03.2018
Shvaynshtayger ota bo‘ldi

22:59 / 22.06.2017
Protez qo‘lli tennischi professional tennisda ilk ochkolarini qo‘lga kiritdi

21:55 / 02.06.2017