Xitoy TIV Trampning Pekinga yo‘naltirilgan tanqidiga izoh berdi

Xitoy hukumati Koreya yarim orolini yadrosizlantirish uchun muhim sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. TIV rasmiy vakili Gen Shuan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning XXRga yo‘naltirilgan tanqidini izohlar ekan, shu haqida ma'lum qildi.
"Biz Koreya yarim orolini qurolsizlantirish, u yerda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish, shuningdek Koreya masalasini muzokaralar yo‘li orqali hal etish tarafdorimiz", - dedi diplomat va "tomonlarning vaziyatni murakkablashtiruvchi qadamlardan tiyilishiga hamda jarayon ishtirokchilarini birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan muzokaralar stoliga qaytarishga umid bildirdi.
Gen Shuan Trampning XXR Amerika bilan savdo hamkorligida adolatsizlikka yo‘l qo‘yayotganiga doir bayonotiga izoh berib, Xitoy teng huquqli hamkorlik tarafdori ekanini ta'kidladi.
Bundan avval Tramp Xitoyni AQSh bilan adolatsiz savdo siyosatini olib borayotganlikda ayblab, tanqid qilgandi. U shuningdek XXRni KXDRdagi yadroviy muammoni hal qilishda yordam berishdan voz kechayotganiga ishora qilgan. Respublikachi o‘zining Twitter mikroblogidagi sahifasida ana shunday ma'lumotni joylashtirgandi.
Mavzuga oid

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025