Jamiyat | 19:28 / 13.01.2017
7169
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada haydovchidan aeroport avtoturargohidagi joy uchun uch million rubl talab qilindi

Foto: RIA

Moskvaning “Sheremetevo” aeroporti hududidan chiqib ketmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchisi uch million rubl to‘lashi lozimligi haqida bildirishnoma oldi. Bu hisoblash qurilmasidagi xato tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti aeroport matbuot xizmatiga asosan.

Avvalroq, “Sheremetevo”da 45 daqiqa davomida bo‘lgan avtomobil sohibi  avtomatdan 3 379 800 rubl to‘lashi lozimligi haqida hisobni olgani ma'lum qilingandi. Aeroport ma'muriyatining xabar qilishicha, qurilma noqulay ob-havo tufayli buzilib qolgan: yomg‘ir, namgarchilik va haroratning keskin o‘zgarishi bunga turtki bo‘ldi. Nosozlik tezda bartaraf etilgan.

Erkak esa avtomobilni vaqtincha qoldirgani uchun 200 rubl to‘lash bilan cheklandi, xolos.

“Joriy yilda bunday vaziyatlarni oldini olish maqsadida qurilmalarni zamonaviysiga alishtirish ko‘zda tutilgan. Bu to‘lovga ketadigan vaqtni kamaytirish, ko‘tarma g‘ovlarni ochish va mijozlar avtomobillarining tezroq kirib-chiqishiga yordam beradi”, - deya xabar qilishgan aeroport matbuot xizmatida.

Mavzuga oid