Yaponiyada ko‘z to‘r pardasini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi birinchi operatsiya o‘tkaziladi

Foto:Fotolia/ romaset
Yaponiyaning Kobe shahridagi ilg‘or tibbiyot markazi huzuridagi shifoxona va RIKEN instituti boshqa odamning sun'iy ko‘p vazifali asos iPS-hujayralaridan o‘stirilgan ko‘z to‘r pardasini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha tajribaviy operatsiyalarni o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olishni boshlaydi.
"Bu kelajakda davolash turini aniqlaydigan muhim tadqiqot hisoblanadi", deb aytgan loyiha rahbari Masayo Takaxasi. Uning aytishicha, bo‘lg‘usi klinik tadqiqotlar ixtironing "amaliy qo‘llanishi tomon katta qadam" hisoblanadi.
Ma'lum qilinishicha, tadqiqot uchun 5 nafar bemorni tanlab olish rejalashtirilgan. Bunday klinik tadqiqotlar Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli ruxsatni bergandan keyin mumkin bo‘ldi. Tajriba davomida olimlar boshqa odamning asos hujayralaridan to‘r pardasining retinal pigment epiteliysi hujayralarini o‘stirish uchun foydalanishadi, so‘ngra uni makulodistrofiyaga (ko‘z to‘r pardasi shikastlangan va markaziy ko‘rish izdan chiqqan kasalliklar) uchragan bemorlarga o‘tkazishadi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli kechsa, bu usul to‘r parda hujayralarini o‘stirish vaqtini 11 oydan 1 oygacha qisqartirish va jarayonning narxini bir necha marotabaga arzonlashtirish imkonini beradi.
Sun'iy ko‘p vazifali asos iPS-hujayralardan foydalanib o‘tkazilgan birinchi operatsiya 2014 yil sentabrda amalga oshirilgan. Ko‘z to‘r pardasining og‘ir kasalligiga ega 70 yoshli bemordan teri hujayralari olinib, ulardan sun'iy asos hujayralar o‘stirilgan. So‘ngra ulardan to‘r pardasining retinal pigment epiteliysi hujayralari o‘stirilgan. Aynan bu hujayralar operatsiya vaqtida o‘tkazilgan
2006 yilda Kioto universiteti professori Sin'ya Yamanaka dunyoda birinchi bo‘lib odam terisidan asos hujayra olgan. Bu hujayralar indutsirlangan plyuripotent (ko‘p vazifali) asos hujayralar (iPS) deb atalgan. Ular turli organlarning hujayralarini shakllantirishga qodir. Shu tariqa, bemorning o‘z hujayralaridan kasallik va jarohat tufayli shikastlangan yoki yo‘qotilgan to‘qima va a'zolari o‘rniga yangilarini yaratish imkoni paydo bo‘lgan. Yamanaka bu ixtirosi uchun 2012 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
iPS-hujayralar ixtiro qilingandan keyin olimlar turli tana a'zolari hujayralarini yaratishni o‘rganib olganlar. Bunday hujayralarni tibbiyotda qo‘llashni tormozlovchi asosiy muammo saraton kasalliklari rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda sinov tariqasida yo‘llar bo‘yida pulli avtoturargohlar ishga tushirildi
O‘zbekiston | 16:55
-
Husiychilar raketasi Tel-Avivdagi aeroport yaqinida quladi
Jahon | 16:43
-
Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi
Jahon | 16:30
-
G‘alabani «o‘g‘irlagan» Tramp, maqsadi o‘zgargan Rossiya – hafta dayjesti
Jahon | 16:12
Mavzuga oid

20:36 / 10.06.2020
Mixael Shumaxerda asos hujayralar qo‘llangan holda tajribaviy operatsiya o‘tkaziladi - OAV

23:46 / 25.03.2018
Ko‘rish qobiliyatini tiklashda ilk bor asos hujayralar qo‘llandi

09:02 / 20.03.2018