Reuters: Tailandning yangi qiroli generallarga shunchaki "xo‘jako‘rsin shaxs bo‘lmasligini" bildirib qo‘ydi

Tailandning yangi qiroli Maxa Vachiralongkorn qirol vakolatlari bo‘yicha konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni talab qilib va bo‘laklangan davlatni birdamlikka chorlab, o‘z hukmronligi tarixida sezilarli iz qoldiradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, yangi qirol 2016 yil dekabrda otasi o‘limidan keyin taxtga o‘tirgandan so‘ng "mamlakatni boshqaradigan generallarga shunchaki konstitutsiyaviy "xo‘jako‘rsin" shaxs bo‘lmasligini" bildirib qo‘ygan.
Ma'lum qilinishicha, yangi qirol boshqaruvi bo‘yicha salbiy prognozlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bu monarxiya, armiya va siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatdagi barqarorlikni belgilovchi Tailandda muhim hisoblanadi.
"Hazrati oliylari xunta va harbiylarni boshqarishda o‘ta mohir ekanliklarini namoyon qildilar", deb aytdi Janubiy Sharqiy Osiyo ishlari bo‘yicha institut akademigi Pol Chamber.
Tailandning marhum qiroli Pumipon Adulyadetning (Rama IX) merosxo‘ri Maxa Vachiralongkorn (Rama X) 2016 yil dekabrda mamlakatning yangi hukmdori etib e'lon qilingan. Rama X otasi o‘limidan 50 kun o‘tib taxtni egalladi.
Mavzuga oid

19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi

17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

20:02 / 18.04.2025
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi

19:39 / 18.04.2025