OAV: AQShda geymer 24 soatlik marafon chog‘ida hayotdan ko‘z yumdi
Amerikaning Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi kompyuter o‘yinlari ishqibozi Brian Vigneault 24 soatlik xayriya marafoni chog‘ida World of Tanks o‘yinini o‘ynayotganda hayotdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Sun nashri.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, marafon translyatsiyasini Twitch sayti olib borgan. Marafondan maqsad Make-A-Wish Foundation xayriya jamg‘armasiga mablag‘ yig‘ish bo‘lgan. Bu jamg‘arma og‘ir kasallikka uchragan bolalarning orzu-istaklarini ijro etishga yordamlashadi.
Poshybrid laqabi bilan tanish bo‘lgan Brian o‘yinning 22-soatida chekish uchun biroz vaqtga o‘yinni tark qilgan va shundan so‘ng qaytib kelmagan. Moderatorlar va tomoshabinlar uning uxlab qolganini taxmin qilishgan.
O‘sha kuni kechqurun geymerning tanishlaridan biri uni "onlayn" holatida ko‘rgan va maktub yo‘llagan. Bunga javoban, o‘zini politsiya boshqarmasining detektivi deb tanishtirgan kishi Brian Vigneault vafot etganini ma'lum qilgan.
Virjiniya shtati politsiyasi hodisa tafsilotlarini keltirmagan bo‘lsa-da, Brian Vigneault o‘limini tasdiqlagan. Geymerlar jamiyati shu munosabat bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Brian Vigneault sahifasida hamdardlik izhor qilgan.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 11:29
-
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
O‘zbekiston | 11:26
-
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?
O‘zbekiston | 10:55
-
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
Jahon | 10:40
Mavzuga oid

14:15 / 04.05.2025
«Ikki urushni ham biz yutgandik». Tramp amerikaliklarning jahon urushlaridagi g‘alaba kunini nishonlashga qaror qildi

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

21:31 / 03.05.2025