Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uychi tumanida deputat va senatorlar aholi muammolarini uyma-uy yurib o‘rganishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Oliy Majlis palatalariga hududlardan saylangan deputatlar va senatorlar har oyda 10 — 12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, hokimiyat idoralari, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini puxta o‘rganib, tahlil qilishi hamda tegishli xulosa berishi hamda shu asosda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi mahalliy Kengashlarda muhokamalar o‘tkazish tizimini joriy etish borasida takliflar bergan edi.
Shundan kelib chiqib, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, bu borada aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, joriy qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Namangan viloyatidan saylangan deputatlar va senatorlar Uychi tumanida bo‘lib, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy muloqot chog‘ida tumandagi iqtisodiy infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirish, moliya-kredit muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi bandligini kafolatlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Bu qonun ijodkorlarining joylarda islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishishi, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar ijrosini o‘rganishi hamda aholining talab va takliflarini eshitgan holda kelgusi vazifalarni belgilab olishida muhim ahamiyatga ega.
– Tumandagi har bir mahalla fuqarolar yig‘ini, xonadonlarda bo‘lib, odamlar fikri va ehtiyojlarini o‘rganmoqdamiz, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ibroxim Xodjiyev. Muloqotlarda ko‘tarilgan ko‘plab masalalar ijobiy hal etildi. Qishloq vrachlik punktlari holati, tibbiy xizmat sifati, umumta'lim maktablarida o‘qitish jarayoni samaradorligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
– Deputatlarning uyimizga kelib, hayot tarzimiz bilan tanishishi bizni behad quvontirdi, – deydi Oqtosh mahallasida yashovchi Nishanov Xoshimboy. – Tomorqamizda issiqxona tashkil etganmiz. Ayni kunlarda limon va turli xildagi ko‘katlar yetishtirayapmiz. Issiqxona ishiga barcha oila a'zolarimiz jalb qilingan. Shukr, daromadimiz yaxshi. To‘y qilayapmiz, uy quryapmiz. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, degan har bir fuqaroga davlatimiz tomonidan barcha sharoit yaratib berilmoqda. Bundan biz juda xursandmiz. Shunday sharoitlarni yaratib berayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan oilamiz, mahallamiz hamda tumanimiz ahli juda xursand.
Parlament a'zolarining aholi bilan muloqotlari joylarda qizg‘in davom etmoqda.
Temurmalik Vohidov
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi
Jahon | 15:28
-
Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani aytildi
Ayollar dunyosi | 15:25
-
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q
Jahon | 14:54
-
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:54
Mavzuga oid

18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024