Vetnam Xitoydan Sisha orollariga kruizlarni to‘xtatishni talab qildi

Foto: AP
Vetnam Xitoydan Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarga o‘z kruiz laynerlarini yo‘llashni to‘xtatishni talab qilmoqda. Bu haqida Vtenam TIV vakilining ma'lumotiga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Mart oyining boshida Xitoyning yangi Changle Princess ("Malika Chanle") kruiz layneri Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Sisha orollariga ekoturistik yo‘nalish bo‘yicha birinchi safarini amalga oshirdi. U 2-mart kuni Sanya shahridagi Fenxuandao portidan chiqib ketgan.
"Vetnam bunga qat'iy qarshilik qiladi va Xitoydan Vetnam suverenitetini hurmat qilish, shuningdek xalqaro qonunchilikka rioya qilish va bunday harakatlarni to‘xtatishni talab qiladi", - dedi Vetnam TIV vakili Le Xay Bin.
Xitoy va mintaqadagi bir qator mamlakatlar - Yaponiya, Vetnam va Filippinning dengiz chegaralari, shuningdek Janubiy Xitoy hamda Sharqiy Xitoy dengizlarining mas'uliyat zonalari bo‘yicha kelishmovchiliklari bor.
Xitoy Sisha va Nansha arxipelaglarini o‘z hududi deb hisoblaydi hamda uning bu hududdagi harakatlari to‘liq qonun doirasida ekanini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

08:41
Xitoy o‘zining yadroviy arsenalini hammadan tezroq kuchaytirmoqda

12:40 / 12.06.2025
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

23:50 / 11.06.2025
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi

22:36 / 10.06.2025