Uill Smit Dubay osmonida "parvoz qildi" (video)

Ajoyib aktyor Uill Smit Facebook'dagi sahifasiga "Burj-al-Arab" fonida dengizda tabassum qilib turgan yangi suratini joyladi. Shuningdek u o‘zining dovyurakligini namoyish etib, parashyutdan sakragan videosini ham taqdim etdi. Parashyutdan sakragan aktyor Dubay osmonida "boks raqsi"ni namoyish qilishga ham ulgurdi.
Gulf News'da ma'lum qilinishicha, Smit Dubayga kelishidan avval Marokash, Qohira va Jiza shaharlarida bo‘lgan. Aktyor oilasi bilan sayohat qilmoqdami yoki yolg‘iz, noma'lum. Uning turmush o‘rtog‘i Jada Pinkett-Smitt va farzandlari Jyeyden, Uillou va Trey Smit so‘nggi yillarda BAAda bo‘lishgan edi.
O‘tgan yilning avgust oyida Smit Dubayga "Xudkushlar otryadi" ("Suicide Squad") filmi premerasi bilan tashrif buyurgandi. U matbuot anjumanida turmush, tanqid va siyosat haqida so‘zlab, Yaqin Sharqqa kelganida ijobiy fikrlashni targ‘ib qilish istagi haqida aytgandi.
"Amerikadagi islomofobiyaga keladigan bo‘lsak, men uchun o‘zimni namoyon qilish muhim. Bu xuddi men Dubaydagi kabi... men tvit yozyapman, suratlarimni namoyish qilyapman va hech kim menga nafrat bilan qaramayapti, shunday emasmi? O‘ylashimcha, bu obraz men uchun juda muhim", - degan aktyor.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi
O‘zbekiston | 13:29
-
Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:24
-
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi
Jahon | 13:22
-
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
O‘zbekiston | 13:10
Mavzuga oid

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025